Aiko (chex xonandasi)
| Aiko | |
|---|---|
|
Aiko 2024-yil | |
| Tavalludi |
Alena Shirmanova-Kostebelova 1999-yil 26-dekabr |
| Fuqaroligi | Chexiya |
| Kasbi |
|
| Faoliyat yillari | 2015-yildan hozirgacha |
| Veb-sayti | aikomakesmusic.com |
Alena Shirmanova-Kostebelova (ruscha: Алёна Ширманова-Костебелова, 1999-yil 26-dekabrda tugʻilgan), taxallusi Aiko — rossiyalik-chex qoʻshiqchi va bastakor.
Xonanda hozirda Angliyaning Brighton shahrida istiqomat qiladi. Aiko Eurovision 2024 qo'shiq tanlovida Chexiya vakili sifatida Pedestal qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan.
Dastlabki hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alena Shirmanova-Kostebelova Moskva shahrida tugʻilgan. Besh yoshida oilasi bilan birgalikda Chexiyaning Karlovy Vary shahriga koʻchib oʻtgan[1][2][3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilda Shirmanova Česko Slovenská SuperStar ning toʻrtinchi mavsumida ishtirok etdi[1]. Shundan soʻng u musiqiy faoliyatini rivojlantirish maqsadida Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtdi. Dastlab Londonda, keyinchalik esa Brighton shahrida yashay boshladi.
Aiko taxallusi ostida u 2018-yilda oʻzining ilk musiqiy albomini chiqardi. 2020-yilda esa Expiration Date albomini hamda ilk yakkaxon qoʻshigʻi — Huntni taqdim etdi[2]. Xonandaning taxallusi yapon madaniyatiga boʻlgan qiziqishi va bolalikdagi Ajka laqabining uygʻunlashuvidan kelib chiqqan[3].
Aiko Times Square ekranlarida namoyish etilgan ilk chex sanʼatkori hamda Spotifyning Equal Campaign tashabbusida ishtirok etgan ilk chex ayol ijrochisi hisoblanadi. U Rock for People, ESNS, Metronome Prague, The Great Escape, Grape, Nouvelle Prague, Sziget va Waves Vienna kabi nufuzli festivallarda sahnaga chiqqan. Shuningdek, Alice Merton, Black Honey, Lauren Ruth Ward va Taminoning ayrim gastrol safarlarida yordamchi ijrochi sifatida qatnashgan.
Aikoning ayrim qoʻshiqlari Teen Mom va Love Island kabi televizion dasturlarda ham qoʻllanilgan[2][4].
2023-yil 13-oktyabrda uning uchinchi musiqiy albomi — Fortuneʼs Child chiqarildi. 2023-yil 28-noyabrda Aiko Eurovision 2024 qo'shiq tanlovi uchun Chexiya milliy saralash ishtirokchilari qatoridan joy oldi[5].
U saralashda Pedestal qoʻshigʻi bilan qatnashdi va 2023-yil 13-dekabr kuni gʻolib deb topildi[6].
Aiko Chexiya nomidan Eurovision 2024 qoʻshiq tanlovida ishtirok etdi, biroq ikkinchi yarim final bosqichidan finalga chiqa olmadi. U 16 ishtirokchi orasida 38 ochko bilan 11-oʻrinni egalladi[7].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirda u ispaniyalik barabanchi Kat Almagro bilan munosabatda. Kat Almagro Eurovision 2024 qoʻshiq tanlovida San-Marino vakili boʻlgan Megara guruhi aʼzosi sifatida ishtirok etgan[8][3][9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 SuperStar 2015 - III. casting - Alena Shirmanová. TV Nova.
- 1 2 3 „Aiko (CZ)“ (cs). Nouvelle Prague (2020-yil 22-oktyabr). 2023-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
- 1 2 3 Anthony B. „We Are The Night Part XIII: Aiko“. Brno Daily (2023-yil 12-yanvar).
- ↑ „Aiko“. aikomakesmusic.com. 2023-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-dekabr.
- ↑ „Czechia finalists revealed ahead of ESCZ 2024“. Eurovision.tv. European Broadcasting Union (2023-yil 28-noyabr). 2023-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-noyabr.
- ↑ „Aiko will represent Czechia at Eurovision 2024“. Eurovision.tv. European Broadcasting Union (2023-yil 13-dekabr). 2023-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-dekabr.
- ↑ Sturtridge, Isaac. „Revealed: The Eurovision 2024 semi-final and final jury/televote detailed voting results“ (en-GB). ESCXTRA. 2024-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-may.
- ↑ Daniel Hidalgo. „Flechazo en Eurovisión: la batería de Megara y la representante de Chequia confirman su relación“ (es). Los Replicantes (2024-yil 16-may).
- ↑ @katalmagro. „Nemo won the mic but... I have to say that I won the best of Eurovision“. Twitter (2024-yil 12-may).