Antisfen
Qiyofa
Antisfen (miloddan avvalgi taxminan 450 — taxminan 360, Afina) — yunon faylasufi, kiniklar maktabi asoschisi, Sokrat shogirdi. Platonning gʻoyalar toʻgʻrisidagi taʼlimoti dushmani. Antisfen taʼlimoti asosan amaliy yoʻnalishda boʻlgan; u ehtiyojlardan voz kechishga, zohidlarcha hayot kechirishga daʼvat qilgan. Anʼanaviy din va anʼanaviy davlatni rad etgan. Uningcha, oqil kishi biron-bir davlatga tegishli boʻlmay, butun dunyo tabaasi (fuqarosi)dir.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |