Kontent qismiga oʻtish

Cloudflare

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Cloudflare — internet infratuzilmasi, kiber-xavfsizlik va kontentni yetkazib berish xizmatlariga ixtisoslashgan amerikalik texnologik kompaniya.[1][2] Kompaniya DDoS hujumlaridan himoya, kontent yetkazib berish tarmog‘i, domen nomlari tizimi, Zero Trust platformasi va tarmoq tezligini optimallashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.[3]

Cloudflare 2009-yilda Matthew Prince, Lee Holloway va Michelle Zatlyn tomonidan tashkil etilgan.[4] Kompaniya dastlab "Project Honey Pot" xavfsizlik tadqiqot loyihasidan kelib chiqqan.[5] 2019-yilda New York fond birjasida (NYSE: NET) ommaviy IPO o'tkazdi.[6]

Cloudflare quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:[7]

  • CDN
  • DDoS
  • Web Application Firewall (WAF)
  • Zero Trust
  • DNS va 1.1.1.1 resolveri
  • WARP VPN
  • Bot-trafikni aniqlash va filtrlash
  • Edge computing (Cloudflare Workers)

Bozordagi o‘rni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cloudflare global internet ekotizimida muhim infratuzilma provayderi hisoblanadi.[8] Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, millionlab veb-saytlar va xizmatlar Cloudflare platformasiga tayanadi.[9]

Muhim voqealar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Cloudbleed (2017): web-cache xatosi natijasida ayrim mijozlar ma’lumotlari oshkor bo‘lishi mumkinligi aniqlangan.[10]
  • Cloudflare global nosozligi (2025): Cloudflare global tarmog‘ida keng ko‘lamli xizmat uzilishi kuzatilgan.[11]

Cloudflare ba’zan ekstremistik, qonunga zid yoki senzura ostidagi saytlarni ham texnik jihatdan himoya qilgani uchun bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan.[12][13]

  1. https://www.bloomberg.com/profile/company/CLOU:US
  2. https://www.reuters.com/markets/companies/NET.N/
  3. https://www.cloudflare.com/
  4. https://www.cnbc.com/2019/09/13/cloudflare-ceo-matthew-prince-on-going-public.html
  5. https://www.wired.com/2010/09/cloudflare-wants-to-make-your-site-safer/
  6. https://www.nytimes.com/2019/09/13/business/cloudflare-ipo.html
  7. https://techcrunch.com/2019/10/01/cloudflare-services-overview/[sayt ishlamaydi]
  8. https://www.bbc.com/news/technology-53192612[sayt ishlamaydi]
  9. https://radar.cloudflare.com/
  10. https://apnews.com/article/94f08bb51446ed58cd4a65cb1a4e6831
  11. https://www.reuters.com/technology/cloudflare-outage-incident-report-2025/
  12. https://www.nytimes.com/2022/09/02/technology/cloudflare-controversy.html
  13. „arxiv nusxasi“. 2025-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 18-noyabr.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]