Corry Brokken
Corry Brokken | |
|---|---|
|
Brokken 1976-yilda Eurovision qoʻshiq tanloviga boshlovchilik qilgan | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi |
Cornelia Maria Brokken 3-dekabr 1932-yil Breda, Niderlandiya |
| Vafoti |
31-may 2016-yil Laren, Niderlandiya |
| Janrlar | chanson va Jazz |
| Fuqaroligi | Niderlandlar |
| Turmush oʻrtogʻi | Cees See va René Sleeswijk sr. |
Corry Brokken (toʻliq ismi Cornelia Maria „Corry“ Brokken; 1932-yil 3-dekabr — 2016-yil 31-may) niderlandiyalik qoʻshiqchi, teleboshlovchi va huquqshunos boʻlgan[1][2]. 1957-yilda u Niderlandiya sharafini himoya qilib, „Net als toen“ qoʻshigʻi bilan Eurovision qoʻshiq tanlovining ikkinchi mavsumida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Faoliyati davomida u bir qator xit qoʻshiqlar ijro etgan, Snip en Snap bilan birgalikda mashhur „Sleeswijk Revue“ teatrida qoʻshiq kuylagan hamda shaxsiy televizion shousiga ega boʻlgan. Shuningdek, u oʻtgan yili „Teach-In“ guruhining gʻalabasidan soʻng Niderlandiyaning Gaaga shahrida boʻlib oʻtgan 1976-yilgi Eurovision qoʻshiq tanloviga boshlovchilik qilgan. U huquqshunoslik yoʻnalishida tahsil olish maqsadida 1973-yilda xonandalik faoliyatini yakunlagan, shundan soʻng dastlab advokat, keyinchalik esa sudya boʻlib faoliyat yuritgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eurovision qoʻshiq tanlovi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
1956-yilda Brokken Nationaal Songfestival tanlovida „Voorgoed voorbij“ qoʻshigʻi bilan gʻolib boʻlgan. Ushbu gʻalaba unga ikkinchi oʻrinni egallagan Jetty Paerl bilan birga Eurovision qoʻshiq tanlovining ilk mavsumida Niderlandiya nomidan ishtirok etish huquqini bergan. 1957-yilda u ketma-ket ikkinchi bor Nationaal Songfestival tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va Eurovision qoʻshiq tanlovida yana bir bor Niderlandiya sharafini himoya qilgan. Uning Willy van Hemert soʻzi va Guus Jansen musiqasi bilan yaratilgan „Net als toen“ nomli qoʻshigʻi xalqaro hakamlar hayʼatidan eng koʻp ball toʻplab, Niderlandiyaga ushbu tanlovdagi ilk gʻalabasini taqdim etgan. 1958-yilda Brokken bu gal „Heel de wereld“ qoʻshigʻi bilan Nationaal Songfestival tanlovida yana bir bor gʻolib chiqqan. Niderlandiyaning Hilversum shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro finalda uning qoʻshigʻi bor-yoʻgʻi bir ochko bilan soʻnggi oʻrinni egalladi. Eurovision qoʻshiq tanlovi — Rasmiy tarix (The Official History) kitobida John Kennedy O'Connor Corry tanlov tarixida ham birinchi, ham oxirgi oʻrinni egallagan yagona xonanda ekanligini taʼkidlagan[3].
Eurovisiondan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Brokken 1950–1960-yillarda Niderlandiyaning eng mashhur ayol qoʻshiqchilaridan biri boʻlgan. U Sleeswijk Revue sahnalarida Snip en Snap bilan birga chiqishlar qilgan hamda bir qator xit qoʻshiqlarni jro etgan, ularning ayrimlari Charles Aznavour asarlarining tarjima qilingan qoʻshiqlari edi. Brokken 1976-yilda Eurovision qoʻshiq tanlovida boshlovchilik qildi, 1997-yilda esa mazkur tanlovda Niderlandiya tomonidan berilgan ovozlar natijalarini eʼlon qildi. Oʻsha vaqtga kelib u xonandalik faoliyatini allaqachon yakunlagan edi. 1973-yilda u musiqiy karyerasiga yakun yasab, huquqshunoslik boʻyicha oʻqishni boshlagan va shundan soʻng advokat sifatida faoliyat yurita boshlagan. Keyinchalik u 's-Hertogenbosch shahrida sudya etib tayinlandi. 1990-yillarda u shou-biznesga qaytdi — yana sahnaga chiqishni boshladi va yangi albom yozdi. U, shuningdek, haftalik „Margriet“ ayollar jurnali uchun rukn yozib turgan[4].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Brokken uch marta turmush qurgan va uning Nancy Sleeswijk ismli qizi boʻlgan.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Singllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Voorgoed voorbij“ (1956)
- „Net als toen“ (1957)
- „Heel de wereld“ (1958)
- „Milord“ (1960)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mr. Cornelia Maria Meijerink-Brokken (niderlandcha)
- ↑ „Corry Brokken in besloten kring gecremeerd“ (2016-yil 4-iyun). Qaraldi: 2024-yil 23-fevral.
- ↑ OʻConnor, John Kennedy. The Eurovision Song Contest — The Official History (2007). UK:Carlton Books (ISBN 978-1-84442-994-3)
- ↑ Bolte, Geerhard. Wending (nl). Lannoo Meulenhoff, 2009 — 78–80-bet. ISBN 9789049104047. Qaraldi: 2013-yil 21-avgust.
- ↑ Corrie Brokken (83) overleden — AD (niderlandcha)
- ↑ „1957 Eurovision winner Corry Brokken dies - Eurovision Song Contest Lisbon 2018“. Eurovision.tv. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.