Davlat sektori
Davlat sektori (yoki jamoat sektori) — bu iqtisodiyotning davlat xizmatlari va davlat korxonalaridan tashkil topgan qismidir. Davlat sektori tarkibiga jamoat tovarlari va hukumat tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar kiradi, masalan: harbiy xizmatlar, huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat infratuzilmasi, jamoat transporti, davlat ta’limi, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi va hukumatda ishlovchilar (masalan, saylangan mansabdor shaxslar).
Davlat sektori shuningdek, to‘lov qilmagan shaxslarni ham foydalanishdan chetlatib bo‘lmaydigan xizmatlarni (masalan, ko‘cha yoritilishi) yoki butun jamiyatga foyda keltiradigan xizmatlarni taqdim etishi mumkin (faqat individual foydalanuvchiga emas).
Davlat korxonalari (yoki davlatga qarashli korxonalar) — bu davlat mulkida bo‘lgan, o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan tijorat korxonalari bo‘lib, ular turli xil xususiy tovarlar va xizmatlarni sotish uchun ishlab chiqaradi hamda odatda tijorat tamoyillari asosida faoliyat yuritadi. Davlat sektoriga kirmaydigan tashkilotlar xususiy sektor yoki ixtiyoriy sektor tarkibiga kiradi. Xususiy sektor — bu korxona egalari uchun foyda olishni maqsad qilgan iqtisodiy tarmoqlardan iborat.
Ixtiyoriy (fuqarolik yoki ijtimoiy) sektor esa foyda olishni ko‘zlamaydigan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan turli xil notijorat tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
United Kingdomda “kengroq davlat sektori” (wider public sector) atamasi ko‘pincha qo‘llaniladi. Bu atama markaziy hukumatdan tashqarida faoliyat yurituvchi davlat sektori tashkilotlarini anglatadi[1].
- ↑ Glover, A., Accelerating the SME economic engine: through transparent, simple and strategic procurement, paragraph 4.26, accessed 7 October 2022