Dmitriy Muratov
| Dmitriy Andreyevich Muratov | |
|---|---|
|
Muratov 2018 | |
| Tavalludi |
29-oktyabr 1961-yil (65 yosh) Kuybishev, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi (hozirgi Samara, Rossiya) |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | Jurnalist, teleboshlovchi, muharrir |
| Faoliyat yillari | 1987-yildan hozirgacha |
| Mukofotlari | Doʻstlik ordeni (Rossiya), Shon-sharaf ordeni, Xalqaro matbuot erkinligi mukofoti, Faxriy legion ordeni, Bibi Maryam zamin xoch ordeni, Butunjahon gazetalar assotsiatsiyasining "Ozodlikning oltin qalami" mukofoti, Tinchlik boʻyicha 2021-yilgi nobel mukofoti |
| Veb-sayti | novayagazeta.ru/authors/12 |
Dmitriy Andreyevich Muratov– rossiyalik jurnalist, teleboshlovchi va Rossiyaning Novaya gazeta[1] nashri sobiq bosh muharriri. U „demokratiya va mustahkam tinchlikning zaruriy sharti boʻlgan soʻz erkinligini himoya qilish yoʻlidagi saʼy-harakatlari uchun“ Maria Ressa bilan birgalikda Tinchlik boʻyicha 2021-yilgi nobel mukofoti[2] bilan taqdirlangan.
Muratov 1993-yilda jurnalistlar bilan birgalikda demokratiya tarafdori boʻlgan Novaya Gazeta gazetasiga asos solgan. U 1995-yildan 2017-yilgacha ushbu nashrning bosh muharriri lavozimida faoliyat yuritgan hamda 2019-yilda yana shu lavozimni egallagan. Gazeta hukumatdagi korrupsiya[3], inson huquqlarining buzilishi, saylovlardagi soxtalashtirishlar, politsiya zoʻravonligi va hokimiyatdan notoʻgʻri foydalanish kabi nozik mavzularni yoritishi bilan tanilgan. Bosh muharrir sifatida mustaqil matbuotning faol himoyachisi boʻlgan[4] va Anna Politkovskayaning Putin maʼmuriyatini tanqid qilgan maqolalarini nashr etgan. Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi[4] maʼlumotlariga koʻra, Muratov „bugungi kunda Rossiyada milliy nufuzga ega boʻlgan yagona chinakam tanqidiy gazeta“ yaratishga yordam bergan[5]. 2022-yil 28-martda Rossiyaning Ukrainaga bosqini paytida gazeta Roskomnadzordan[6] ikkinchi ogohlantirish olganidan keyin onlayn va bosma faoliyatini toʻxtatishini eʼlon qildi.
2023-yil 1-sentyabrda Muratov Rossiya hukumati tomonidan xorijiy agent deb eʼlon qilindi[7].
Hayoti va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dmitriy Muratov 1961-yil 29-oktyabrda Kuybishev shahrida rus oilasida tugʻilgan[8][9]. U besh yil davomida Kuybishev (hozirgi Samara) davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil oldi va u yerda jurnalistikaga qiziqishi paydo boʻldi. Kollejda oʻqib yurganida mahalliy gazetalar bilan aloqa oʻrnatdi va jurnalistikada yarim kunlik ish bilan shugʻullandi[10]. 1983-yildan 1985-yilgacha universitetni tugatgandan soʻng Sovet Armiyasida aloqa uskunalari xavfsizligi boʻyicha mutaxassis sifatida xizmat qilgan. U Sovet-Afgʻon urushida ham qatnashgan[11][12].
Mukofot va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muratov Tinchlik boʻyicha 2021-yilgi nobel mukofotiga filippinlik Maria Ressa bilan birga „demokratiya va barqaror tinchlik sharti boʻlgan soʻz erkinligini himoya qilish yoʻlidagi saʼy-harakatlari uchun“ sazovor boʻldi[13]. Nobel mukofoti qoʻmitasi „Novaya gazeta“ning korrupsiya, politsiya zoʻravonligi, noqonuniy hibsga olishlar, saylovlardagi firibgarlik va „trollar fabrikalari“dan tortib, Rossiya ichida va tashqarisida Rossiya harbiy kuchlaridan foydalanishgacha boʻlgan mavzulardagi „tanqidiy maqolalarini“ alohida olqishladi [14]. Nobel mukofoti qo‘mitasi Muratovni mukofotlagani, biroq qamoqqa olingan Rossiya muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyni mukofotlamagani uchun tanqid qilindi[15]. Bu qoʻmitaning Rossiyadagi „joriy siyosiy jarayondan maksimal darajada uzoqlashishga“ urinishi sifatida baholandi. Kreml Muratovni Nobel mukofotini qoʻlga kiritgani bilan tabrikladi[16]. Muratovning aytishicha, agar tanlov uning ixtiyorida boʻlganida, mukofotni Aleksey Navalniyga bergan boʻlardi[17].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Главным редактором 'Новой газеты' стал Сергей Кожеуров“. Novaya Gazeta (2017-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 17-noyabr.
- ↑ „The Nobel Peace Prize 2021“. NobelPrize.org.
- ↑ „Dmitry Muratov, Editor of Novaya Gazeta, Russia“.
- 1 2 „Dmitry Muratov“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
- ↑ Lundstrom, Hedvig „Biography of 2016 Golden Pen of Freedom Laureate Dmitry Muratov“. World Association of Newspapers and News Publishers (2016-yil 3-iyun). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 10-aprel.
- ↑ „Russia's Novaya Gazeta newspaper pauses activities after official warning“. Reuters (2022-yil 28-mart).
- ↑ „Russia Brands Nobel Winner Dmitry Muratov a 'Foreign Agent'“. The Moscow Times (2023-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Dmitry Muratov“. Nobelprize.org. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ Bushuev, Mikhail „Who is Nobel Peace Prize laureate Dmitry Muratov?“. Deutsche Welle (2021-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Муратов, Дмитрий Главный редактор "Новой газеты"“ [Muratov, Dmitry Editor-in-chief of Novaya Gazeta] (ru). Lenta.ru. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Novaya Gazeta editor-in-chief dmitry muratov. Dmitry Muratov: biography, journalistic activities“. amorlatinoamericano.ru (2019-yil 26-iyul). Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Муратов, Дмитрий Главный редактор "Новой газеты"“ [Muratov, Dmitry Editor-in-chief of Novaya Gazeta] (ru). Lenta.ru. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ „CPJ congratulates Maria Ressa and Dmitry Muratov for winning the 2021 Nobel Peace Prize“. CPJ (2021-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Watchdog“. RadioFreeEurope/RadioLiberty.
- ↑ Hopkins, Valerie. „Nobel announcement draws mixed reactions from Russia, with frustration from Navalny supporters“. The New York Times (2021-yil 8-oktyabr).
- ↑ Troianovski, Anton. „Navalny Deserved Peace Prize, Russian Nobel Winner Says“. The New York Times (2021-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ „US believes Russia behind attack on Nobel laureate Dmitry Muratov“. Al Jazeera (2022-yil 29-aprel).