Javier Zanetti
|
Zanetti (2014-yil) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Shaxsiy maʼlumot | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Javier Adelmar Zanetti | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Tavallud sanasi | 1973-yil 10-avgust | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Tavallud joyi | Buenos Aires, Argentina | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Boʻyi | 1.78 m[1] | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Ampluasi | Full-back, yarim himoyachi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Klub maʼlumoti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Joriy klub | Inter Milan (vitse-prezident) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 1982–1989 | Independiente | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 1991–1992 | Talleres | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Professional faoliyati* | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 1992–1993 | Talleres | 33 | (1) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 1993–1995 | Banfield | 66 | (4) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 1995–2014 | Inter Milan | 615 | (12) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Total | 714 | (17) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Milliy terma jamoa | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 1996 | Argentina U23 | 13 | (0) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 1994–2011 | Argentina | 145[2] | (5) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Medallar
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Javier Adelmar Zanetti (1973-yil 10-avgustda tugʻilgan) — argentinalik sobiq professional futbolchi. Deyarli butun faoliyatini „Inter Milan“ klubida oʻtkazgan[3][4] Zanetti oʻzining serqirraligi va mahorati bilan tanilgan boʻlib, koʻpincha ikkala qanotda ham himoyachi yoki qanot himoyachisi, shuningdek, yarim himoyachi sifatida harakat qilgan[5]. U jamoaning 2009–10-yilgi mavsumda trebl qayd etishida muhim rol oʻynagan va hozirda „Inter Milan“ klubi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi.
Zanetti faoliyatini Argentinada, avvaliga „Talleres“, soʻngra „Banfield“ jamoasida boshlagan. U 1995-yildan 2014-yilgacha Italiyaning „Inter Milan“ klubida oʻynagan va 2001-yildan to 2014-yilda faoliyatini yakunlaguniga qadar jamoa sardori boʻlgan[6] . Zanetti 1115 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib, eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar roʻyxatidan joy olgan. Shuningdek, u A Seriyada eng koʻp maydonga tushgan xorijlik futbolchi (615) boʻlib, bu borada ligada Janluiji Buffon, Paolo Maldini va Franchesko Tottidan keyingi toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi. Zanetti „Inter“ tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazish (858) va klub bilan eng koʻp sovrin yutish (16 ta) boʻyicha rekordchi hisoblanadi. Ular: beshta Skudetto, toʻrtta Italiya kubogi, toʻrtta Italiya Superkubogi, bitta UEFA kubogi, bitta Chempionlar ligasi va FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatidir. U Chempionlar ligasida sardor sifatida eng koʻp oʻyin oʻtkazish (82) boʻyicha ham rekord sohibidir.
Zanetti Argentina terma jamoasi safida 145 ta oʻyinda maydonga tushgan[7][2]. Bu koʻrsatkich bilan u „Albiseleste“ tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar orasida uchinchi oʻrinni egallab turibdi. Bungacha, yaʼni 2007-yildan 2018-yilgacha bu borada rekordchi boʻlgan. U Argentina bilan 2004 va 2007-yillarda Amerika kubogi, 1995 va 2005-yillarda esa FIFA Konfederatsiyalar kubogi finallariga qadar yetib borgan.
Faoliyatini yakunlaganidan soʻng, „Inter“ klubi Zanettining 4-raqamli futbolkasini abadiylashtirdi va uni oʻzining vitse-prezidenti etib tayinladi[8]. U FIFA tomonidan Argentinadagi „SOS bolalar qishloqlari“ loyihasining elchisi etib tayinlangan. 2005-yilda esa ijtimoiy tashabbuslari uchun Milan shahri tomonidan Ambrogino d’Oro mukofoti bilan taqdirlangan. Zanetti, shuningdek, Maxsus Olimpiadaning global elchisi hamdir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Javier Adelmar Zanetti“. goal.com. Qaraldi: 2012-yil 30-yanvar.
- 1 2 „AFA rinde homenaje a Messi y Kun Agüero por su récord de partidos“ [AFA pays tribute to Messi and Kun Agüero for their records in the number of international matches played] (es). MedioTiempo.com (2021-yil 2-iyul). Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr.
- ↑ „Javier Zanetti on Inter, retirement and a lifetime in blue and black“. The Independent (2017-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 8-may.
- ↑ Forero, Chris „Javier Zanetti: Age Is Only a Number for Legendary Inter Milan Captain“. Bleacher Report. Qaraldi: 2023-yil 8-may.
- ↑ „tactical Formations“. Football-Lineups.com. Qaraldi: 2007-yil 25-yanvar.
- ↑ He started wearing the captain band in late 1999, but at that time he was replacing the injured Ronaldo. Source: „Ronaldo e la fascia da capitano: "Giusto che la porti Zanetti" e in serata il sì di Cuper“ (it). Inter.it. Football Club Internazionale Milano (2001-yil 3-noyabr). 2019-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-may.
- ↑ „Javier Adelmar Zanetti – Century of International Appearances“ (en). RSSSF. 2022-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
- ↑ McVitie, Peter. „Inter make Zanetti vice-president & retire No.4 jersey“. Goal.com (2014-yil 30-iyun). Qaraldi: 2014-yil 27-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Javier Zanetti“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
- Rasmiy sayti
- Javier Zanetti National-Football-Teams.com saytida
- Javier Zanetti WorldFootball.net saytida
- 10-avgustda tugʻilganlar
- 1973-yilda tugʻilganlar
- Nuqsonli GND identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Argentinalik erkak futbolchilar
- CA Talleres (Escalada) futbolchilari
- CA Banfield futbolchilari
- Inter Milan futbolchilari
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Argentina terma jamoasi futbolchilari
- Argentinalik olimpiyada futbolchilari
- Copa América 1995 oʻyinchilari
- 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar
- FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari
- Copa América 1999 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari
- Copa América 2004 oʻyinchilari
- Copa América 2007 oʻyinchilari
- Copa América 2011 oʻyinchilari
- FIFA erkaklar markaziy klubi
- FIFA 100
- Argentinalik muhojir erkak futbolchilar
- Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Olimpiyada medalini olgan futbolchilar
- Raqamlari abadiylashtirilgan futbolchilar
- Erkaklar futbolidagi universal futbolchilar
- Futboldagi erkak qanot himoyachilari
- Argentine Primera División futbolchilari
- Serie A futbolchilari
