Kornuoll
Qiyofa
Kornuoll – Buyuk Britaniyaning janubuy-gʻarbidagi yarim orol. La-Mansh boʻgʻozi va Bristol qoʻltigʻi suvlari oʻrab turadi. Uzunligi 150 km chamasida, eni 72 km gacha. Qirgʻoqlari qoʻltiqlar bilan kuchli parchalangan. Relyefi yassitogʻ (eng baland joyi 621 m) va sertepali tekislik. Qirgʻoqlari tik. Keng bargli oʻrmonlar, vereskzorlar, torf botqoqliklari bor. Qalay olinadi. Yirik porti – Plimut[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Buyuk Britaniya geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |