Muso Chelebiy
| Muso Chelebiy | |||||
|---|---|---|---|---|---|
|
Muso Chelеbiyning portreti, Italiyaning Veronese doirasi bilan bog‘liq rassom tomonidan chizilgan, taxminan 1580-yillar | |||||
| Usmoniylar imperiyasi sultoni (de facto) | |||||
| Saltanat | 1411-yil 17-fevral[1] − 1413-yil 5-iyul | ||||
| Oʻtmishdoshi | Sulaymon Chelebiy | ||||
| Davomchisi | Mehmed I | ||||
| Vafoti |
1413-yil Çamurlu (Samokov yaqini) | ||||
| Dafn etilgan joy | |||||
| Turmush oʻrtogʻi |
valaxiyalik Arina Carlo I Tokkoning qizi | ||||
| |||||
| Otasi | Boyazid I Yildirim | ||||
| Onasi | Devletşah xotun | ||||
| Dini | Islom, sunniylik | ||||
Muso Chelebiy (fl. 1402 – 1413-yil 5-iyul) – Usmoniylar shahzodasi, 3 yil davomida Usmoniylar imperiyasi taxt boʼshligʼi davrida akalari bilan birgalikda hukmdorlik qilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muso Usmoniylarning 4-sultoni Boyazid I ning oʻgʻillaridan biri edi[2]. Onasi Davlatshoh xotun boʼlgan[3]. Anqara jangida Boyazid I Amir Temur tomonidan magʻlub etilgach, Muso Usmoniylar imperiyasiga qaytgan va 1403-yilda imperiyaning Onadoʻlidagi poytaxti Bursada taxtga oʻtirmoqchi boʻlgan. Biroq uning 3 akasi ham Usmoniylar taxtiga daʼvogar edi: imperiyaning Onadoʼli qismida joylashgan Baliqesirda Iso Chelebiy, Amasyada Mehmed I, Rumeli (Yevropa) poytaxti boʻlgan Edirneda esa Sulaymon Chelebiy (oʼsha davrda Usmoniylar imperiyasining ikki poytaxti bor edi, chunki tanazzulga uchragan Vizantiya imperiyasining Konstantinopol shahri Usmoniylar yerlarining ikki qismini bir-biridan ajratib turardi).
Taxtsizlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iso Chelebiy Musoni magʻlub etib, Bursani egalladi. Muso esa yana bir urinish uchun qulay fursat kutib, Germiyoniylar yerida panoh topdi. 1406-yilda Iso ustidan gʻalaba qozongan Mehmed I imperiyaning Onadoʼli qismida yagona hukmdorga aylandi, ammo u Rumeli (Yevropa) qismi hukmdori Sulaymonga teng raqib emas edi. Mehmed va Muso Onadoʼli markazidagi Kırşehirda uchrashib, Sulaymonga qarshi ittifoq tuzdilar[4][2]. Onadoʼli hududidagi koʻpchilik bekliklar ham bu ittifoqni qoʻllab-quvvatladilar. Kelishuvga koʻra, Muso Qora dengiz orqali Yevropa tomoniga oʻtkazildi va u yerda Valaxiyaning hukmdori Mircea bilan ittifoq tuzdi. Endilikda Sulaymon ikki qismda – Onadoʼli qismida Mehmedga, Yevropada esa Musoga qarshi kurashishga majbur boʻldi. Bu strategiya qisman muvaffaqiyatli edi. Sulaymon imperiyaning Onadoʼli qismini zabt etish haqidagi umidlaridan voz kechdi. Biroq u Kosmidion va Edirne janglarida Musoni magʻlub eta oldi. Magʻlubiyatiga qaramay, Muso 1410-yilga qadar Sulaymonga qarshi qoʻqqisdan hujum uyushtirish va chekinish taktikasini davom ettirdi. Bu orada Sulaymon oʼzining nazorat qilib boʼlmaydigan xatti-harakatlari tufayli avvalgi ittifoqchilarining aksariyatini yoʻqotdi. 1411-yilda esa Musoning taktikasi nihoyat gʻalaba keltirdi va u Edirneni qoʻlga kiritdi. 1411-yil 18-fevralda magʻlub boʻlgan Sulaymon Vizantiya yerlariga qochishga urinayotganida qishloq aholisi tomonidan oʻldirildi. Muso oʻzini imperiyaning hamhukmdori deb eʼlon qildi [5][2].
Hamhukmdor sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mehmed va Muso Chelebiy ittifoqining tafsilotlari aniq emas. Muso oʻzini imperiyaning Yevropa qismi sultoni deb eʼlon qilgan, Mehmed esa Musoni oʻzining vassali deb bilgan. Muso avvalgi janglarda Sulaymonni qoʻllab-quvvatlagani uchun Vizantiya imperatori Manuel II Palaiologosdan oʻch olish maqsadida Konstantinopolni (hozirgi Istanbul) qamal qildi. Manuel yordam soʻrab Mehmedga murojaat qildi, Mehmed esa Musoga xiyonat qildi va Musoga qarshi vizantiyaliklar bilan yangi ittifoq tuzdi.
1411 va 1412-yillarda Mehmed qoʻshinlari Muso qoʻshinlari bilan toʻqnashdi va har ikki safar ham Mehmed magʻlub boʻldi. 1413-yilda Mehmed Serbiya hukmdori Stefan Lazarević va turk Dulkadiroğulları beyi, shuningdek, Musoning baʼzi sarkardalarining qoʻllab-quvvatloviga erishdi. U Samaku (hozirgi Samokov, Bolgariya) yaqinidagi Çamurlu jangida Musoning qoʻshinlarini tor-mor keltirdi[4]. Jarohatlangan va qochishga urinayotgan Muso 1413-yil 5-iyulda topilib, oʻldirildi[6][2].
Oqibati
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Musoning oʻlimi Usmoniylarning taxtsizlik davriga yakun yasadi. Uning ukasi Mehmed Chelebiy Sulton Mehmed I ga aylandi. Biroq 1416-yilda Musoning sobiq ittifoqchilaridan biri qozasker Shayx Badriddin Mehmed I ga qarshi muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolon koʻtardi[7]. Ichki urushning davomi sifatida koʻrilishi mumkin boʻlgan boshqa voqealar orasida Mustafo Chelebiy tomonidan 2 marotaba koʼtarilgan isyon ham bor edi. U ham Boyazid I ning oʻgʻillaridan biri boʻlib, Onadoʼlida yashirinib yurgan. Mustafo taxtga daʼvogar 5-shahzoda boʻlib, 1416-yilda ukasi Mehmed I ga, 1421-yilda esa jiyani Murod II ga qarshi kurash olib borgan, lekin uning ikkala urinishi ham muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan.
Oila
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muso Chelebiy 2 marta uylangan:
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "MÛSÂ ÇELEBİ (ö. 816/1413) Fetret devrinde saltanat mücadelesinde bulunan Osmanlı şehzadesi." (Turkish). TDV Encyclopedia of Islam (44+2 vols.). Istanbul: Turkiye Diyanet Foundation, Centre for Islamic Studies. 1988–2016. https://islamansiklopedisi.org.tr/musa-celebi.
- 1 2 3 4 Kastritsis, Dimitris (2007), The Sons of Bayezid: Empire Building and Representation in the Ottoman. Civil War of 1402–1413, Brill, ISBN 978-90-04-15836-8
- ↑ Akgunduz & Ozturk 2011, s. 69.
- 1 2 Encyclopædia Britannica Evpo 70 ed., Vol. 22, p. 368
- ↑ Prof. Yaşar Yüce-Prof. Ali Sevim: Türkiye tarihi Cilt II, AKDTYKTTK Yayınları, İstanbul, 1991 pp. 74–75
- ↑ Joseph von Hammer: Osmanlı Tarihi cilt I (condensation: Abdülkadir Karahan), Milliyet yayınları, İstanbul. pp. 58–60.
- ↑ Encyclopedia of Islam, Vol. 7, Ed. C. E. Bosworth, E. Van Donzel, W. P. Heinrichs and CH. Pellat, (E. J. Brill, 1993), 699.
- ↑ Tiuliumeanu, Mihai (18 October 2019). Tiuliumeanu, Mihai; Ariton, Nicolae C. (muh.). „Musa, fiul lui Baiazid, II“ [Musa, the son of Baiazid, II]. Misterele Dunării (Romanian). 3-jild, № 10. Misterele Dunării. Qaraldi: 4 December 2023.
{{cite magazine}}: CS1 maint: unrecognized language () - ↑ Kastritsis 2007, s. 167.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Akgunduz, Ahmed; Ozturk, Said. Ottoman History – Misperceptions and Truths. IUR Press, 2011.
- Kastritsis, Dimitris. The Sons of Bayezid: Empire Building and Representation in the Ottoman Civil War of 1402–1413. Brill, 2007.
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- 1413-yilda vafot etganlar
- 15-asr Usmoniylar sulolasi a’zolari
- Usmoniylar shahzodalari
- Usmoniylar imperiyasi hududidan boʻlgan suiqasd qurbonlari
- Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar
- Usmoniylar taxtiga da’vogarlik qilganlar
- Sultonlarning oʻgʻillari
- Boyazid I ning farzandlari
- Usmoniylar imperiyasi shahzodalari