Valeri Tixonenko
| Shaxsiy maʼlumot | |
|---|---|
| Tavalludi |
1964-yil 19-avgust Angren Oʻzbekiston SSR SSSR |
| Boʻyi | 2.07 ft 0 in (0.63 m) |
| Faoliyati haqidagi maʼlumotlar | |
| MBA drafti | 1986 / Tur: 7 / Tanlash: 157- overall |
| Atlanta Hawks tomonidan tanlangan | |
| Raqami | 9 |
| Murabbiylik faoliyati | 2000—2010 |
| Statistikalar Basketball-Reference.com saytida | |
Valeri Tixonenko (ruscha: Валерий Алексеевич Тихоненко, 1964-yil 19-avgustda tugʻilgan) – nafaqadagi sovet va rus professional basketbolchisi, sport murabbiyi. Oʻzining futbolchilik faoliyati davomida kichik hujumchi va kuchli hujumchi pozitsiyalarida oʻynadi. Asosiy pozitsiyasi esa hujumchi boʻlgan. U terma jamoa musobaqalarida Sovet Ittifoqi va Rossiyani himoya qilgan. Sovet Ittifoqi bilan 1988-yildagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tixonenko Atlanta Xouks tomonidan 1986-yildagi NBA loyihasining 7-raundida 157-chi tanlov bilan tanlangan. U pro-klubdagi faoliyati davomida Moskvaning CSKA jamoasi bilan uchta Rossiya chempionligini qoʻlga kiritadi (1998, 1999, 2000).
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tixonenko Sovet Ittifoqining katta terma jamoasi bilan 1984-yilgi Doʻstlik oʻyinlarida (1984-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarining muqobil turniri) va 1985-yildagi EuroBasketda oltin medalni, 1986-yilgi FIBA Jahon kubogida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 1987-yilgi EuroBasket, 1988-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida oltin medal, 1989-yilgi EuroBasketda bronza medalini va 1990-yilgi FIBA Jahon kubogida kumush medalni qoʻlga kiritadi. 1992-yildagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham Yagona jamoa aʼzosi sifatida oʻynagan.
Rossiya terma jamoasi aʼzosi sifatida 1998-yilgi FIBA Jahon chempionatida va 1999 yilgi EuroBasketda oʻynab, kumush medalni qoʻlga kiritgan[2].
Valeri 2011-yilda Qozogʻiston ligasining „Astana“ klubining bosh menejeri boʻladi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tixonenko Rossiya armiyasida podpolkovnik boʻlgan.
Mukofatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- SSSR „Buyuk mehnati uchun“ medali
- SSSR Xalqlar doʻstligi ordeni
- SSSR „Shon-sharaf belgisi“ ordeni
- SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1988)
- Rossiyaning „Doʻstlik“ ordeni
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Valery Tikhonenko Biography and Olympic Results“. Olympics at Sports-Reference.com. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-noyabr.
- ↑ „Valeri Tikhonenko (RUS).“. 2019-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- FIBA profili
- FIBA Yevropa profili
- Sports-Reference.com profili
- Basketball-Reference.com profili
- Ispaniya ligasi profili (Wayback Machine saytida 2023-11-08 sanasida arxivlangan) (ispancha)
- Ispaniya ligasi arxivi profili (ispancha)
- EuroLeague murabbiy profili
- Tixonenko (Wayback Machine saytida 2021-11-29 sanasida arxivlangan) (ruscha)