Xoanalar
Qiyofa
Xoanalar (yun. choane — voronka, voronkasimon teshik) — ichki burun teshigi xoanalar ayrim baliqlar va quruqlikda yashovchi hayvonlar uchun xos. Panja qanotli va ikki xil nafas oluvchi baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar hamda koʻpchilik sudralib yuruvchilarning burun boʻshligʻi birlamchi xoanalar orqali ogʻiz boʻshligʻiga ochiladi. Toshbaqalar, ayrim qushlar, ayniqsa, timsohlar va sut emizuvchilarda qattiq tanglay paydo boʻlishi tufayli burun boʻshligʻining keyingi qismi choʻzilib, halqumning yuqori qismiga ochiladigan ikkilamchi xoana (boʻgʻiz)ni hosil qiladi. Hosil boʻlgan nafas nayi ogiz boʻshligʻida ovqat boʻlganida ham nafas olishga imkon beradi.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |