Kontent qismiga oʻtish

Xutba

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abbosiy Qozi masjidda Minbarda xutba oʻqiydi. (Xutba Xalifalik tomonidan qoʻllanilgan, keyinchalik boshqa musulmon hukmdorlari tomonidan ham qabul qilingan)

Xutba (arab. — targʻibot, nutq) — juma namozi oldidan va hayit namozidan keyin xatib (masjid imomi)ning vaʼzxonligi, diniy pand-nasihat. Oʻrta asrlarda X.ning muhim siyosiy ahamiyati boʻlgan. Namozxonlar mamlakat hukmdori ismini aytib, uning haqiga duo qilishlari lozim edi. IX asr 2-yarmidan ayrim hukmdorlar X.da uz ismlarini xalifa ismidan keyin qoʻshib aytilishi uchun harakat qilishgan. X.da hukmdor ismining yodga olinishi hukmdorning mustaqil ekanligining asosiy tashqi belgilaridan biri hisoblangan.