Kontent qismiga oʻtish

biz

Vikilugʻatdan olingan

Turkcha (tr)

biz

bigiz, biz

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

biz

Aytilishi

Etimologiyasi

BIZ birinchi shaxs koʻplik kishilik olmoshi. B i z n i n g koʻchamizda turli kasb egalari totuv yashaydi. Bu olmosh asli qadimgi turkiy tildagi 'soʻzlovchi’ maʼnosini bildirgan bi soʻziga ’ikki’ (’koʻp’) maʼnosini ifodalovchi —z qoʻshimchasini qoʻshib qosil qilingan (ЭСТЯ, II, 130; Devon, I, 314; PADg 372; DS, 104): bi + z = biz.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

ksh. olmsh 1-sh. ko'pl.

  1. Soʻzlovchi va uning atrofidagilar; soʻzlovchi va u koʻzda tutayotganlar. ◆ Kecha stansiyadan chiqqan avtobus bugun bizni tongotarda moʻljaldagi joyga tashlab ketdi. O‘ktam Usmonov, „Sirli sohil“ ◆ Bizlar, bizlar, biz edik, Bizlar bir talay qiz edik. Bizlarni uzdilar. Bir ipga tizdilar (Garmdori). Zubayda Husainova, „Oʻzbek xalq topishmoqlari“
  2. Birinchi shaxs "men" oʻrnida ishlatilib, kamtarlik yoki, aksincha, maqtanish, gʻururlanish, pinhona gʻurur maʼnolarini ifodalaydi. ◆ -Kim talabgor? -Mana, biz talabgor. -Bizga ham xat bormi ? - deydi Munisxon. "Guldasta" ◆ Asal otliqqa yoʻq, hali biz piyoda-ku! Abdulla Qahhor, „Asarlar“ ◆ Endi bizni qiynamay, oʻzlari quysinlar! Qoʻllaridan hech sharob ichmaganmiz. "Guldasta"
  3. Oʻrin-payt kelishigi qoʻshimchasini olib, "yurtimizda", "elimizda", "oramizda" kabi maʼnolarni anglatadi. ◆ Surnaychining zoʻrlari bizda boʻladi. Sa’dulla Siyoyev, „Yorugʻlik“ ◆ Non-nasibang bizda boʻlsa, qolarsan. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Lekin, oʻrtoqlar, bizda yalqovlar yoʻq. Abdulla Qodiriy, „Gʻirvonlik Mallavoy“

Sinonimlari

bizlar

Antonimlari

БИЗ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Tillarda

biz
мест. личн.
мы; ◆ bizlar мы; ◆ bizning наш, наша, наше; ◆ bizni нас; ◆ bizga нам; ◆ bizda у нас; ◆ bizdan от нас; у нас; ◆ bizdan soʻradilar у нас спросили; ◆ bizningcha по-нашему; ◆ bizday или ◆  bizdek так (же), как мы; ◆ bizniki наше; ◆ biznikilar наши (люди, ребята); ◆ biznikiga к нам, в наш дом; ◆ biznikida у нас, у нас дома.