Kontent qismiga oʻtish

tutmoq

Vikilugʻatdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tut-moq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]
  1. Qoʻl bilan ushlamoq, ushlab turmoq; tutinmoq. ◆ Bir qoʻlda kitob, bir qoʻlda guldasta tutib turmoq. ◆ Bolaning qoʻlidan tutmoq. ◆ Otning jilovidan tutmoq. ◆ Koʻr tutganini qoʻymas, kar - eshitganini. Maqol ◆ Temirchi usta qahru gʻazab bilan ichkari kirdi va tikka borib, Xayrinisaning kuyovi boʻlmish yigitning yoqasidan tutdi. S. Abdulla, „Mavlono Muqimiy“ ◆ Gavhar toqati toq boʻlib, oʻrnidan tura boshlagan edi, Talʼat tirsagidan tutib oʻtqazdi. Oʻtkir Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ ◆ Ketmon tutishga odatlangan dagʻal qoʻllar igna ushashga, qatim tortishga kelishmaganidan diqqati oshgan Oxun.. Oybek, „Tanlangan asarlar“
  2. Ovlab, quvib, izidan borib va sh.k. yoʻllar bilan ushlamoq, ushlab olmoq, qoʻlga tushirmoq. ◆ Baliq tutmoq. ◆ Quyon tutib olmoq. ◆ Oʻgʻrini tutmoq. ◆ Sayil ham sayil, sargardon ham sayilda, domlajon. Hali kiyik tutdikmi, yoʻqmi, hech boʻlmasa, shamollab kelamiz-da. M. Mansurov, „Yombi“ ◆ Agar Hamzani tutib bersang, oʻgʻling Umar polvonni roʻyxatdan oʻchiramiz. Komil Yashin, „Hamza“
  3. Biror narsani iltifotan kimsaga taklif qilmoq, uzatmoq; foydalanish uchun toʻgʻrilamoq, bermoq. ◆ Mehmonlarga sochiq tutmoq. ◆ Chol belbogʻidan nosqovogʻini olib, oʻtirganlarga tutdi. Said Ahmad, „Hukm“ ◆ [Suluv] Hech narsaga qaramay, sakrab turib, hansirab qolgan otasini yupatgisi, sovuq ayron tutib, yelkasini silagisi kelardi. Asqad Muxtor, „Qoraqalpoq qissasi“ ◆ Duodan soʻng Otabek toʻriq yoʻrgʻani chiqarib, qutidorga tutdi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ ◆ Boʻston qutichali atir olib kelib, oyisiga tutdi. Saida Zunnunova, „Yangi direktor“ ◆ Ali meshkobchi yana madrasa qurilishiga kirib, odamlarga suv tutdi. Mirmuhsin, „Meʼmor“
  4. Qoʻlidagi (oʻzidagi) biror narsani boshqa narsaga toʻgʻrilamoq, roʻbaroʻ holga olmoq. ◆ Xatni chiroq yorugʻiga tutib oʻqimoq. ◆ Yelkasini oftobga tutmoq. ◆ Otboqar fonusni yana Boʻtaboyning yuziga tutdi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ ◆ Senga havas bilan boqurman, rosti, Oʻlimga tik koʻksin tuta olgan zot. Abdulla Oripov
  5. koʻchma Yoʻq boʻlish, ketish va shu kabilardan saqlab turmoq. ◆ Hokimiyatni tutib turmoq. ◆ Oʻz pozitsiyalarini tutib turmoq. ◆ Jangchilarimiz tepalikni tutib turish uchun butun vositalarni ishga soldilar. ◆ Azamat., kombatning.. madad kuchi yetib borguncha dushmanni tutib turish haqidagi farmonini Ergashevga aytdi. Nazir Safarov, „Qahramonning tugʻilishi“
  6. Biror holat, vaziyatda saqlamoq, asramoq. ◆ Saidbobo negadir tili uchida turgan gapni yutib, sir tutdi. Nazir Safarov, „Olovli izlar“ ◆ Tugʻilgan kun ziyofatiga taklif qilish shart emas. Oʻsha kunni esida tutgan yaqinlari oʻzlari borishaveradi.. R. Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ ◆ Itni zanjirga bogʻlab qoʻygach, och tutadi deyishadi. Samar Nurov, „Narvon“
  7. koʻchma Biror narsadan oʻzini tiymoq yoki biror narsani, voqeani yuz berishdan toʻxtatmoq, bosmoq, ushlamoq. ◆ U koʻzlariga toʻlgan tomchilarni bazoʻr tutib javob berdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“
    Oʻzini tutmoq - 1) oʻzini bosmoq, tiymoq; oʻzini qoʻlga ola bilmoq. ◆ Yigʻidan oʻzini tutmoq. ◆ U kulgidan oʻzini tutolmadi. ◆ Oʻzimni kulgidan tutolmay, hiringlab kulib yubordim. E. Raimov, „Ajab qishloq“ 2) oʻzini biror tarzda ushlamoq. ◆ Oʻzini baland tutmoq. ◆ Oʻzini kattalardek tutmoq. ◆ Oʻzini tetik tutmoq. ◆ Ibodovning oʻzini tutishi hayron qoldirgan edi uni. F. Musajonov, „Himmat“ ◆ U oʻzini imkoni boricha beparvo tutishga harakat qildi. To‘xtash Ashurov, „Oq ot“ 3) oʻzini eplab qolmoq, oyoqqa turmoq. ◆ Ertalab yana qonli urushlar boshlandi. Ammo xalq endi oʻzini ancha tutib qolgan edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ ◆ Boboqul ota oʻzini tutib olib: -Ilgari faqat seldan emas, qurgʻoqchilik ofatidan ham odamlar qirilardi.. - dedi. H. Nazir, „Soʻnmas chaqmoqlar“
  8. koʻchma Idora qilmoq, boshqarmoq. ◆ Roʻzgʻor tutmoq. ◆ Yaxshi qilib yurtni tutdi, Kim kam boʻlsa, yoʻl koʻrsatdi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
  9. koʻchma Oʻz qoʻli ostidagi, izmidagi, qaramogʻidagi kimsalarga qandaydir munosabatda, muomalada boʻlmoq. ◆ Bolani boʻsh tutish yaramaydi. ◆ Singlingni kaftingda tutsang, onangni boshingda tut. Maqol ◆ Shariat xotinni qattiq tutish kerak deydi-yu, ammo xotinni qancha qattiq tutsangiz, shuncha gʻaflatda qolishingizni poylaydi. Abdulla Qahhor, „Mayiz yemagan xotin“ ◆ Oʻzbek oyimning "Kelinni xor tutar ekan demasinlar, sen ham oʻzingni tuzat!" deb aytgani uchun, Zaynab ham tamom ipaklarga koʻmilib yasangan, kecha erga tekkan yangi kelinlar suratiga kirgan edi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
  10. Biror tarzda ishlatmoq, foydalanmoq, qoʻllamoq. ◆ Idish-tovoqni, koʻrpa-yostiqni toza tutmoq. ◆ Yangi olib kelgan teshani tutmoq. ◆ -Lekin, - dedi Samandarov qoshiqni salmoqlab, - hali ham mana bunaqa qoshiq tutish ayb.. Bunga yoʻqchilikni vaj qilib boʻlmaydi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“
  11. Parvarish qilmoq, boqmoq (pilla qurtini). ◆ Men, beshovlaring qurt tutinglar, beshta odam boʻshasin, demoqchi emasman. Abdulla Qahhor, „Kampirlar sim qoqdi“
  12. Ishlatish, foydalanish uchun oʻz ixtiyorida, qaramogʻida olib turmoq, saqlamoq. ◆ Qani iloji boʻlsa, bitta odam tutmasdan, butun ishni oʻzim eplay olsam. Oybek, „Tanlangan asarlar“
  13. Pardalash, toʻsish, qoplash va sh.k. maqsadlar uchun oʻrnatmoq, bogʻlab, ilib yoki osib qoʻymoq. ◆ Pashshaxona tutmoq. ◆ Derazalarga parda tutmoq. ◆ Etak tutib, paxta termoq. ◆ Dastroʻmolni yuziga tutib yigʻlamoq. ◆ El ogʻziga elak tutib boʻlmas. Maqol ◆ Baxmal paranjili xotin chimmat tutgan yuzini Azim tajang tomonga xiyol oʻgirdi-yu, bir-ikki tomoq qirish bilan kifoyalandi, javob bermadi. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“
  14. Koʻpayib, tarqalib, yoyilib va sh.k. yoʻllar bilan maʼlum joyni egallamoq, qoplab olmoq, bosmoq. ◆ Samovarning bugʻi uyni tutib ketdi. Qoʻy-echkilarning marashi koʻchani tutgan edi. ◆ Yilqi, poda, suruvlar Dard koʻrmay oʻssa deyman, Togʻu toshga sigʻishmay, Yaylovni tutsa deyman. Q. Muhammadiy ◆ Qoʻngʻiroqday tovushi bilan Gulsun ham qoʻshiqchiga joʻr boʻlgandagina hamma yoqni odam tutib ketganini koʻrdi. J. Abdullaxonov, „Tong yorishgan sohilda“ ◆ Doʻnan aka minbardan tushishlari bilan, zalni qarsak tutib ketdi. "Oʻzbekiston qoʻriqlari" ◆ Dashtni tutib yotgan lolalar uzoqda qolib, gullaridan asalarilar bol emayotgan mevazor bogʻlar boshlandi. "Guldasta" ◆ Dostonning ovozasi olamni tutdi. N. Fozilov, „Hayot oʻrgatdi“
  15. Qoʻzimoq, qoʻzib qolmoq, huruj qilmoq (odatda, inson tabiatida boʻladigan turli xislatlar haqida). ◆ Otaning tantiligi tutib ketdi. ◆ Uning jazavasi tutdi. ◆ Shoʻxligi tutmoq. ◆ Hindining ham himmati tutib ketdi, sarrof xaltadan bitta besh soʻmlik tilla olib berdi. Gʻafur Gʻulom, „Shum bola“ ◆ Gaping rost boʻlsa, qani yur! Yoki dangasaliging tutib, ishlaging kelmayotibdimi? Gazetadan
  16. Amal olmoq, oʻsmoq, rivojlanmoq (yangi koʻchat yoki payvand haqida). ◆ Bogʻbon oʻzi ekkan yo ulagan koʻchati tutib, boʻy tortib ketguncha, har kun tagiga necha marta keladi. Mirzakalon Ismoiliy, „Bizning roman“ ◆ Onda-sonda koʻchatlar oʻtqazilgan ekan-u, koʻpi tutmapti. Asqad Muxtor, „Opa-singillar“
  17. Yordamchi feʼl sifatida bogʻlovchi vazifasida qoʻllanadi; hisoblamoq. ◆ Parvozga shaylanib nochor pat urgan Yarador burgutga tutmagil oson. U. Qoʻchqorov, „Hayajonga koʻmilgan dunyo“
  18. Baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanganda, shu narsa evaziga biror narsaga duchor boʻlmoq, uning haqidan qutula olmaslik maʼnosini bildiradi. ◆ -Uvoli tutadi demadingizlar-a, uvolini oʻylamadingizlar-a , - dedi javrab turgan Zulxumor, yuragi boʻlmay nari keta boshladi. M. Mansurov, „Yombi“ ◆ Sizni oʻsha norasidalarning koʻz yoshi tutmaydimi? Sa’dulla Siyoyev, „Yorugʻlik“ ◆ Besh bolaning uvoli uradi sen beklarni! Mening begunoh qonim tutadi hammangni! Pirimqul Qodirov, „Yulduzli tunlar“
    Aza tutmoq - q. aza. ◆ Gʻalaba kuni toʻyga aylangan xonadonlar ham boʻldi, yarasi yangilanib, qayta aza tutganlar ham. "O‘zbekiston qoʻriqlari"
    Boshini tutmoq - biror ish, hunar va sh.k. bilan mashgʻul boʻlmoq, uni egallamoq, kasb etmoq. ◆ Biror ishning boshini tutmoq. ◆ Biron boshqa hunarning boshini tutsa ham eplab ketardi. Sa’dulla Siyoyev, „Yorugʻlik“
    Vatan (yoki makon) tutmoq - biron hudud yoki joyni yashash joyi (vatan) qilib olmoq. ◆ Erboʻtayevlar oilasi ham yaydoq choʻlni vatan tutib, mehnatda dong taratib, oʻzlaridan koʻpayishib borishyapti. "O‘zbekiston qoʻriqlari"
    Gapga tutmoq - gapga solib, savol-javoblar bilan band qilmoq. ◆ Hamma gapi yolgʻon boʻlmasin, oʻrtaga olib, gapga tuting. "Yusuf va Ahmad" ◆ Traktorchi yigit ishga shoshilganidan toqatsizlana boshladi. Chol buni sezib, ortiqcha gapga tutmadi. O‘. Usmonov, „Sirli sohil“
    Darigʻ tutmoq - q. darigʻ. ◆ Yakka va yagonaliging haqqi.. mendek bir balokash gunohkor ojiza bandangdan marhamatingni darigʻ tutmagaysan.. Komil Yashin, „Hamza“
    Ish tutmoq - maʼlum sabab, shart-sharoit va shu kabilarni hisobga olgan holda ish qilmoq, ish olib bormoq. ◆ Nega bir-birimizga yoqishimiz kerak. Yoki boʻlmasa, sizga yaqin boʻlgan inson koʻngliga qarab ish tutish lozimmi? Gazetadan
    Yoʻl (yoki yoʻlini) tutmoq - ish-faoliyatda muayyan bir yoʻlni tanlamoq, shu yoʻldan bormoq. ◆ Shuning uchun u tilyogʻlamalik yoʻlini tutdi. Gazetadan ◆ Sendan soʻng qolib ham u qarimaydi, U mangu yoshlikning yoʻlin tutgandir. Shuhrat, „Yoshligimning davomi“
    Koʻz tutmoq - kelishi, uchrashuvi yuz berishini intizorlik, ishtiyoq bilan kutmoq. ◆ Koʻz tutdim, koʻzlarim nigoron boʻldi. "Yoshlik" ◆ Temirjon, ayiqcha qaytib keladiganday, uning yoʻliga intizor koʻz tutdi. J. Abdullaxonov, „Oriyat“
    Koʻzda tutmoq - nazar-eʼtiborida boʻlmoq, nazarda tutmoq. ◆ Kelgusi vazifalarni koʻzda tutmoq. ◆ Ishdagi qiyinchiliklarni koʻzda tutmoq. ◆ Bu gaplari bilan qurilishdagi ishlarni koʻzda tutayotganligini Baroqov yaxshi tushundi. "O‘zbekiston qoʻriqlari"
    Soʻroqqa tutmoq - uzluksiz soʻroq berishda davom etmoq. ◆ Lekin u yerda siz emas, ular sizni soʻroqqa tutmasalar, deb qoʻrqaman. Komil Yashin, „Hamza“
    Toʻpga (yoki oʻqqa) tutmoq - kimsa, narsa, joy tomonga (ustiga) toʻxtovsiz toʻp otmoq, oʻq otmoq, oʻq yogʻdirmoq. ◆ Koʻpdan beri kutilgan jang tong mahalida dushman artilleriyasi bizning pozitsiyalarimizni nihoyatda qattiq toʻpga tutishi bilan boshlanib ketdi. Abdulla Qahhor, „Oltin yulduz“ ◆ Dushman jangchilarimizni minomyotdan oʻqqa tuta boshladi. Gazetadan
    Etagini tutmoq - rahnamoligida ish tutmoq, rahnamoligiga suyanmoq. ◆ Omon buva Yodgorov kabi ingichka tolali paxta ustalari bor. Ana shularning etagini tut. "Oʻzbekiston qoʻriqlari"
    Yuz tutmoq - q. yuz.
    Oʻrin tutmoq - mavqega ega boʻlmoq, ahamiyat kasb etmoq. ◆ Ular ichida Shodmonov alohida oʻrin tutadi. "Oʻzbekiston qoʻriqlari" ◆ Mehnat jamoalarida tugʻilayotgan anʼanalar orasida musobaqaning takomillashib borayotgan yangi shakl va usullari alohida oʻrin tutadi. Gazetadan
    Quloq tutmoq - 1) eshitishga diqqatni qaratmoq. ◆ Birpas devor tagida toʻxtab, atrofga quloq tutishdi: jimlik hukmron.. "Mushtum" 2) tinglamoq, eshitmoq. ◆ Akam tomda qor kurar.. men sandal ichiga tiqilib olib, shiftdan kelayotgan kurak ovoziga quloq tutib yotar edim. M. Mansurov, „Yombi“

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТУТМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

tutmoq
1 держать; браться, хватать; брать; qizcha bir qoʻlida kitob, bir qoʻlida guldasta tutib turar edi девочка держала в одной руке книгу, в другой - букет цветов; ◆ biror kishining qoʻlidan tutmoq держать (хватать) кого-либо за руку; ◆ tishida tutmoq держать зубами (в зубах); koʻr tutganini qoʻymas, kar eshitganini посл. см. koʻr 1;
2
подавать, подносить; протягивать, предлагать; подставлять; ◆ mehmonlarga sochiq tutmoq подносить (подавать) гостям полотенце (для вытирания рук); ◆ papirosga gugurt tutmoq подносить спичку к папиросе; Gulnor doʻppini olib, qoqdi, yoruqqa tutdi Гюльнар подняла тюбетейку, отряхнула и поднесла её к свету...; Soraxon... mushtini Saidiyning qulogʻiga tutdi (А. Ќаћћор, «Сароб») Сарахан... поднесла свой кулак к уху Саидй; chiroqni bu yoqqa tuting посветите сюда; Choʻntagidan bir qogʻoz chiqarib, Saidiyga tutdi (А. Ќаћћор, «Сароб») Он вынул из кармана какую-то бумагу и протянул её Саиди; qush nima topsa, bolasining ogʻziga tutadi что ни найдёт птица, всё несёт птенцам;
3 ловить, поймать; хватать; ◆ toʻr bilan baliq tutmoq ловить рыбу сетью; ovchilar uchta tulki bolasini tutib oldilar охотники поймали трёх лисят; darbozabon uchib borayotgan koptokni tutib oldi вратарь поймал мяч на лету; ◆ oʻgʻrini jinoyat ustida tutmoq поймать вора на месте преступления; захватить вора с поличным;
4 держать; проводить; придерживаться; ◆ hokimiyatni oʻz qoʻlida tutmoq держать власть в своих руках; ◆ qattiq siyosat tutmoq проводить жёсткую политику; ◆ toʻgʻri yoʻl tutmoq держать правильную линию, держать правильный курс;
5 держать, содержать; вести, управлять; ◆ roʻzgʻor tutmoq вести хозяйство; управлять хозяйством; ◆ uy-joyni ozoda tutmoq содержать жилище в чистоте; ◆ doʻkon tutmoq уст. держать лавку;
6 держать, хранить; ◆ sir tutmoq держать в секрете;
7 удерживать, задерживать, приостанавливать; Koʻzlariga toʻlgan tomchilarni bazoʻr tutib javob berdi (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Она ответила, еле удерживая нахлынувшие слёзы; bu qoʻlni tutadi это задерживает работу, не даёт быстро работать;
8 привязывать, привешивать (к чему-л. что-л.); натягивать, повесить; paxta terish uchun etak tutib oldim я привязал фартук, чтобы собирать хлопок; ◆ derazalarga parda tutmoq занавешивать окна; yuzga chachvon (или chimmat) ◆ tutmoq накинуть на лицо чачван (см. chachvon); ◆ pashshaxona tutmoq повесить полог для защиты от комаров и мух;
9 пользоваться; применять; bu idishni tutmang не пользуйтесь этой посудой; ◆ asbob tutmoq пользоваться (каким-л.) инструментом; tutgan ketmoningni qara, hayf sendek azamatga! гляди, каким кетменём ты работаешь, стыдно такому богатырю, как ты!; ◆ koʻz oynak tutmoq носить очки;
10 считать, по-нимать, ценить; ◆ oʻz qadri-qimmatini baland tutmoq высоко ценить своё достоинство; ◆ birovni oʻziga doʻst tutmoq считать кого-либо своим другом; oʻzingga ehtiyot boʻl, qoʻshningki oʻgʻri tutma посл. соблюдай осторожность, а соседа вором не считай; choʻpni xor tutsang (или xoʻrlasang), koʻzga tushar см. xor I 4;
11
занимать, наполнять; покрывать; овладевать, охватывать; samovardan chiqqan bugʻ uyni tutib ketdi пар, идущий из самовара, наполнил комнату; Yana dahshatli "ura!" sadolari yer-koʻkni tutdi («Шарќ юлдузи») Грозные возгласы «ура!» опять наполнили воздух; hamma yoqni odam tutib yotibdi всюду полным-полно людей;
12 разводить, выводить, содержать; ◆ qurt tutmoq, pilla tutmoq разг. разводить шелковичных червей;
13 выполнять, держать, соблюдать; Mening amrim baring tutib turinglar («Муродхон») Все вы выполняйте моё повеление; ◆ roʻza tutmoq соблюдать пост; motam (или aza) ◆ tutmoq носить траур;
14 усиленно проявляться; давать приступы; возобновляться, рецидивировать; uning jini tutdi на него нашла дурь; uning kasali tutdi его болезнь дала приступы;
15 привиться; koʻchat tutmadi саженец не привился;
16 в сочетании с именами образует сложные (составные) глаголы;◆ aloqa tutmoq держать (иметь) связь (с кем-л.); nazarda (или koʻzda) ◆ tutmoq иметь в виду, принимать в расчёт, ◆ oʻrin tutmoq прям. и перен. занимать место; ◆ oʻzini tutmoq 1) держаться, держать себя (как-л.); u oʻzini juda kamtar tutadi он держится очень скромно; 2) удерживаться, воздерживаться (от чего-л.), сдерживать себя; Yoʻlchi kulgidan oʻzini tutolmay, bir chetga burildi (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Юльчи не мог удержаться от смеха и отвернулся; ◆ oʻqqa tutmoq подвергать обстрелу, обстреливать;◆ esda tutmoq помнить, запоминать; ◆ 

  • koʻz tutmoq ждать, ожидать; men sizni koʻz tutib oʻtirgan edim я сидел и ждал вас; ◆ oʻpka(si)ni tutmoq брать себя в руки, успокаиваться; bola oʻpkasini tutolmay, yigʻlab yubordi ребёнок не мог удержаться и заплакал; ◆ etak tutmoq держать подол (чтобы в него насыпали что-л.); etak tutib pul yigʻmoq собирать деньги в подол (собирать деньги в толпе на похороны бедняка); uniki tutib ketdi разг. он разозлился, он рассвирепел.