Botir Zaripov
| Botir Komilovich Zaripov | |
|---|---|
|
| |
| Buxoro viloyati hokimi | |
|
Mansab davri 2020-yil 7-noyabrdan | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Farhod Umarov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
1969-yil 20-noyabr Gʻijduvon tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR |
| Mukofotlari |
|
Botir Komilovich Zaripov (1969-yil 20-noyabr, Gʻijduvon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik moliyachi va davlat arbobi. 2020-yil 7-noyabrdan Buxoro viloyati hokimi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Botir Zaripov 1969-yil 20-noyabrda Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek[1].
1997-yilda Toshkent moliya institutini moliya va kredit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1990—2008-yillarda respublikaning davlat va tijorat banklarida ishlagan. 2005-yilda Botir Zaripov Buxoro viloyati Markaziy banki boshqaruvchisining inkassa ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻlgan[2]. Keyinchalik, 2012-yilgacha Oʻzbekiston Markaziy banki raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2012-yilda Markaziy bankning nazorat va tartibga solish departamenti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
2013—2015-yillarda Markaziy bank kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti direktori boʻlgan. Keyingi ikki yil davomida „Agrobank“ ATB boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2016—2019-yillarda „Oʻzsanoatqurilishmateriallari“ kompaniyasi boshqaruv raisi boʻlgan[3]. 2020-yil 7-noyabrdan buyon Buxoro viloyati hokimi lavozimida ishlab kelmoqda[4].
Viloyatni boshqarish, odamlarni safarbar qilish oson ish emas. Buni Zaripovning o‘ziyam tushunyapti. Men uni turli lavozimlarda sinaganman, oxirgi uch oyda hokim vazifasini bajaruvchi sifatida sizlar ham sinadingiz. Buxoroning suvini ichib, changini yutib ulg‘aygan yigit viloyat sharoitini yaxshi biladi. Eng muhimi, buxoroliklarni yaxshi ko‘radi.
— Sh. Mirziyoyev, [5]
Xastalik
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 3-iyul kuni Botir Zaripov koronavirusga chalingani haqida xabarlar tarqaldi[6].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sodiq xizmatlari uchun medali (2018-yil)[7].
- Mehnat shuhrati ordeni (2026-yil 22-avgust) — Yangi Oʻzbekistonda keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taʼminlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtibori va nufuzini yuksaltirishga qoʻshgan munosib hissasi, ilgʻor innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://podrobno.uz/cat/obchestvo/on-lyubit-bukhartsev-botir-zaripov-utverzhden-khokimom-bukharskoy-oblasti-/
- ↑ arxiv nusxasi, 2021-04-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-16
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/11/07/zaripov/
- ↑ https://www.uzreport.news/politics/botir-zaripov-utverjden-hokimom-buharskoy-oblasti
- ↑ https://www.gazeta.uz/oz/2021/01/22/zaripov/
- ↑ „buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalingani ma'lum bo'ldi“. bugun.uz. Qaraldi: 2021-yil 3-iyul.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „ботир зарипов бухоро вилояти ҳокими вазифасини бажарувчи этиб тайинланди“ (2020-yil 11-iyul). Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“. president.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti (2026-yil 22-avgust). Qaraldi: 2026-yil 24-avgust.