Hillel Furstenberg
| Hillel Furstenberg | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1935-yil 29-sentyabr Berlin, Germaniya |
| Fuqaroligi |
Isroil AQSh |
| Sohasi | Matematika |
| Institutlar |
Minnesota universiteti Quddus yahudiy universiteti |
| Taʼlimi | Princeton universiteti |
| Akademik rahbarlari | Salomon Bochner |
| Mashhur shogirdlari |
Alexander Lubotzky Vitaliy Bergelson Shahar Mozes Yuval Peres Tamar Ziegler |
| Mukofotlari |
Isroil mukofoti stipendiyasi (1993) Harvey mukofoti (1933) Wolf mukofoti (2006/07) Abel mukofoti (2020) |
Hillel (Harry) Furstenberg (ibroniycha: הלל (הארי) פורסטנברג) (talaffuzi: Hillel (Herri) Furstenberg) (1935-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik-isroillik matematik. Furstenberg ehtimollar nazariyasi hamda ergodik teoriyani matematikaning boshqa sohalariga, jumladan, sonlar nazariyasi hamda Lie guruhlariga tatbiq qilib tanilgan. 2006/07-yilgi Wolf mukofoti hamda 2020-yili Abel mukofoti bilan bilan taqdirlangan.
Furstenberg 1935-yil Germaniyada tugʻilgan. 1939-yil oilasi bilan AQShga koʻchib ketgan. 1955-yil Yeshiva universitetini tamomlagan. 1958-yil Princeton universitetidan PhD darajasini olgan. Avvaliga Minnesota universitetida, 1965-yildan Quddus yahudiy universitetida ishlagan.
Furstenberg 1955-yil tub sonlar cheksizligini yangicha topologik isbotini taklif qilgan. 1977-yil Szemerédi teoremasini isbotlagan. Furstenberg–Sárközy teoremasi uning nomi bilan ataladi.
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |