William Sharpe

SHARP (Sharpe) Vilyam (1934) — amerikalik iqtisodchi, Berklidagi Kaliforniya universitetini tugatgan, filosofiya doktori (1961). REND korporatsiyasida iqtisodchi, Vashington universiteti, 1973-yildan Stenford universiteti professor 1980-yilda Amerika moliya uyushmasi (AGʻA) prezidenti boʻlib saylangan. Sh. turli boylik shakllarini okilona uygʻunlashtirish (portfel yondashuvi) nazariyasi asoschilaridan biri. XX asrning 60y.larida moliya bozorlarida kapital aktivlar narxlarining shakllanishi modelini yaratgan. Asosiy asarlari: "Kapital aktivlar narxi. Xatar sharoitida bozor muvozanati nazariyasi", 1964; "Investitsiya portfeli nazariyasi va kapital bozorlari", 1970; "Investitsiyalar", 1978; "Aktivlarni joylashtirish vositalari", 1985; "Investitsiya kiritish asoslari", 1989. Nobel mukofoti laureati (1990; Harry Markowitz va Merton Miller bilan birga)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |