Kontent qismiga oʻtish

Fernando Hierro

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Fernando Hierro
Hierro (2018-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fernando Ruiz Hierro[1]
Tavallud sanasi 1968-yil 23-mart (1968-03-23) (58 yosh)[2]
Tavallud joyi Vélez-Málaga, Ispaniya
Boʻyi 1.87 m[2]
Ampluasi Himoyachi, tayanch yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1973–1978 Vélez
1979 Málaga
1980–1986 Vélez
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1986–1987 Valladolid B
1987–1989 Valladolid 58 (3)
1989–2003 Real Madrid 439 (102)
2003–2004 Al-Rayyan 19 (3)
2004–2005 Bolton Wanderers 29 (1)
Total 545 (109)
Milliy terma jamoa
1989–1990 Ispaniya U21 5 (2)
1989–2002 Ispaniya 89 (29)
Boshqargan klublari
2014–2015 Real Madrid (yordamchi)
2016–2017 Oviedo
2018 Ispaniya
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Fernando Ruiz Hierro (talaffuzi: Fernando Ruiz Yerro) 1968-yil 23-martda Ispaniyada tavallud topgan. Ispaniyalik futbolchi Ispaniya terma jamoasi va Real Madridning sobiq sardori, himoyachi, murabbiy hisoblanadi[3][4].

Fernando Ruiz Hierro „Real Madrid“ bilan besh karra Ispaniya chempioni va uch karra Chempionlar ligasi gʻolibi.

Fernando Ruiz Hierro Ispaniya terma jamoasi tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar orasida oʻninchi (89 oʻyin) va toʻpurarlar orasida toʻrtinchi (29 gol) oʻrinni egallab turibdi.

Fernando Ruiz Hierro 1989-yil 20-sentyabrda 21 yoshida Luis Suares qoʻl ostida milliy terma jamoadagi debyutini A Korunyada Polshaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) oʻtkazgan. U terma jamoadagi ilk golini 1990-yil 19-dekabrda (terma jamoa uchun uchinchi oʻyin) Yevropa chempionati saralash oʻyinida (9:0) Albaniyaga qarshi oʻyinda kiritgan. 22 yoshli Fernando Ruiz Hierro 1990-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan, ammo u maydonga tusha olmagan.

Hammasi boʻlib Fernando Ruiz Hierro terma jamoa safida 89 ta oʻyin oʻtkazib, 29 ta gol urgan (bu koʻrsatkich boʻyicha Fernando tarixda beshinchi oʻrinda turadi), ammo bu vaqt davomida Ispaniya terma jamoasi hech qachon turnirning chorak final bosqichidan oʻta olmagan.

Menejerlik va murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilning sentyabridan Ispaniya futbol federatsiyasi sport direktori lavozimida ishlagan[5]. Fernando Ruiz Hierro federatsiyadagi faoliyati davomida Ispaniya terma jamoasi Yevropa (2008-yil) va jahon chempioniga aylandi (2010-yil). 2011-yil iyul oyida u oʻz ona viloyatiga qaytib, „Malaga“ direktori boʻldi[6]. Biroq, 2012-yilning may oyida u klubni tark etdi[7].

2014-yilning 10-iyulida Fernando Ruiz Hierro Zinedin Zidan oʻrniga „Real Madrid“ bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga yordamchi boʻldi[8]. 2016-yil iyun oyida u „Oviedo“ klubi bosh murabbiyi boʻldi, biroq bir yildan soʻng tomonlar oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomani bekor qilishga qaror qilishdi[9][10].

Jamoa Mavsum Liga Kubok Xalqaro Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Real Valladolid C. F. 1987-88 29 1 2 — — — 31 1
1988-89 29 2 6 — — — 35 2
Jami 58 3 8 0 0 0 66 3
Real Madrid C. F. 1989-90 37 7 5 — 4 — 46 7
1990-91 35 7 3 — 5 1 43 8
1991-92 37 21 7 3 9 2 53 26
1992-93 33 13 6 — 6 5 45 18
1993-94 34 10 5 — 5 2 44 12
1994-95 33 7 2 — 5 — 40 7
1995-96 31 7 4 1 5 1 40 9
1996-97 39 6 6 2 — — 45 8
1997-98 28 3 2 — 10 3 40 6
1998-99 28 6 3 1 9 1 40 8
1999-00 20 5 2 — 14 2 45 7
2000-01 29 5 1 — 13 1 42 6
2001-02 30 5 5 — 14 — 49 5
2002-03 25 — 1 1 12 — 38 1
Jami 439 102 52 8 111 18 602 128
Al-Rayyan S. C. 2003-04 19 3 — — — — 19 3
Bolton Wanderers F. C. 2004-05 29 1 — — — — 29 1
Umumiy karyerasida 545 109 60 8 111 18 716 135
Real Madrid
  • La Liga: 1989-90, 1994-95, 1996-97, 2000-01, 2002-03
  • Qirol kubogi: 1992-93
  • Ispaniya Superkubogi: 1990, 1993, 1997, 2001-yillar
  • UEFA Chempionlar Ligasi: 1997-98, 1999-2000, 2001-02
  • Qitʼalararo kubok: 1998, 2002
  • UEFA Superkubogi: 2002-yil
  • Iberoamerikana kubogi: 1994[11]
Al-Rayyan
  • Qatar amiri kubogi: 2003-04

Shaxsiy sovrinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • FIFA XI: 1996, 1997, 1998[12]
  • UEFA yilning eng yaxshi klub himoyachisi: 1997-98[13]
  • Yilning ESM jamoasi: 1996-97, 1997-98
  • FIFA Jahon chempionati yulduzlar jamoasi: 2002-yil
  1. ↑ Fernando Hierro WorldFootball.net saytida
  2. 1 2 „Fernando Hierro“ (de). German Football Association. Qaraldi: 2019-yil 28-may.
  3. ↑ „OFICIAL | Fernando Hierro asumirá el cargo de seleccionador nacional durante el Campeonato del Mundo de Rusia“ (es). www.sefutbol.com. 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
  4. ↑ „Фернандо Йерро возглавил сборную Испании по футболу“. Интерфакс (2018-yil 13-iyun). 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
  5. ↑ „Yerro: Rossiya? Bilo nemnogo obidno za Vilyara“. 2010-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  6. ↑ „Йерро стал генеральным директором «Малаги»“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-iyul.
  7. ↑ „Фернандо Йерро ушёл из «Малаги»“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-iyul.
  8. ↑ „Йерро стал ассистентом Анчелотти в «Реале»“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-iyul.
  9. ↑ „Фернандо Йерро покинул «Реал Овьедо»“ (en). сайт клуба «Реал Овьедо» (2017-yil 13-iyun). 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-iyun.
  10. ↑ „Экс-защитник «Реала» Йерро ушёл с поста главного тренера «Овьедо»“. 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-iyun.
  11. ↑ „Las competiciones oficiales de la CONMEBOL“ [The CONMEBOL official competitions] (es). CONMEBOL (2015-yil 19-avgust). Qaraldi: 2019-yil 12-mart.
  12. ↑ Leme de Arruda, Marcelo „FIFA XI´s Matches – Full Info“. RSSSF. 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-oktyabr.
  13. ↑ „UEFA Club Defender of the Year“. UEFA (2011-yil 1-may). Qaraldi: 2019-yil 1-fevral.