Kontent qismiga oʻtish

Roberto Ayala

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Roberto Ayala
Ayala (2018-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Roberto Fabián Ayala[1]
Tavallud sanasi 1973-yil 14-aprel (1973-04-14) (53 yosh)
Tavallud joyi Parana (shahar), Argentina
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi Markaziy himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Ferro Carril Oeste
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991–1993 Ferro Carril Oeste 73 (1)
1993–1995 River Plate 41 (0)
1995–1998 Napoli 87 (1)
1998–2000 Milan 24 (0)
2000–2007 Valencia 187 (9)
2007–2010 Real Zaragoza 74 (4)
2010–2011 Racing Club 15 (0)
Total 501 (15)
Milliy terma jamoa
1996 Argentina U23 6 (0)
2004 Argentina olimpiya (O.P.) 6 (0)
1994–2007 Argentina 116[2] (7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Roberto Fabián Ayala (ispancha: Roberto Fabián Ayala) — argentinalik futbolchi, 2004-yil Olimpiada chempioni boʻlgan. Argentina futboli tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri sifatida tarixda qolgan, shuningdek u koʻp yillik terma jamoa sardori. Argentina terma jamoasi safida umumiy 115 ta oʻyin oʻtkazgan.

Uning taxallusi „Sichqoncha“ (ispancha: El Ratón). Roberto bu tahallusni 1974-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi hujumchi boʻlgan Ruben Ayaladan „meros qilib“ oldi, garchi ular qarindosh boʻlmasalar ham.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roberto Parana shahrida tugʻilgan. 1995-yilgacha u Argentina klublarida, jumladan, River Pleytda oʻynagan. 1995-yilda u Italiyaning „Napoli“ klubiga oʻtadi, u yerda 3 yil oʻynadi, keyin esa „Milan“ ga oʻtdi. „Milan“ tarkibida u 1999-yilda Italiya chempioni boʻladi. 2000-yilda u Ispaniyaning „Valensiya“ jamoasiga koʻchib oʻtdi, faoliyati davomidagi eng koʻp oʻyinni Valensiya tarkibida oʻtkazadi (yetti mavsum), Valensiya tarkibida u ikki marta Ispaniya chempioni boʻldi, 2004-yilda UEFA kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritgan. Xuddi shu yili u Olimpiya chempioni ham boʻldi. Keyinchalik u erkin agent sifatida „Vilyarreal“ga oʻtdi. 2007-yilning yozida Saragosa uning shartnomasini 6 million yevroga sotib oldi.

2010-yil dekabr oyida Ayala professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi[3].

Vilyarreal va Real Saragosa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilning avgustida sport direktori Amedeo Karboni Ayalaga yangi shartnoma taklif qilmadi. 2007-yilning 7-fevralida u mavsum oxirida mintaqaviy raqibi Vilyarrealga qoʻshilishini eʼlon qildi, ammo Villarrealda oʻynashdan oldin u 2007-yilning 14-iyulida uch yillik shartnoma asosida „Real Saragosa“ga qoʻshildi. Uning „Vilyarreal“ bilan shartnomasidagi sotib olish toʻlovi 6 million yevro (4,8 million funt) boʻlib, uni „Real Saragosa“ toʻliq toʻlagan.

2008-yilning 3-mayida Ayala „Real Saragosa“dagi ilk golini 94-daqiqada „Deportivo de La Korunya“ga qarshi oʻyinda kiritib, „Saragosa“ni 1:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam berdi. Saragosa esa Segunda divizioniga tushib ketdi. 2008-yil 22-noyabrda Ayala „Saragosa“ tarkibidagi ikkinchi golini „Eybar“ga qarshi oʻyinda (3:0) 73-goli sifatida urdi. 2009-yil 29-fevralda u oʻzining uchinchi golini 54-daqiqada „Real Mursiya“ darvozasiga kiritdi, oʻyinda Saragosa 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

2010-yilning yanvarida Ayalaning „Saragosa“ bilan shartnomasi oʻzaro kelishuv asosida bekor qilingan.

  • 2004-yilgi Olimpiya chempioni
  • 1996-yilgi Olimpiya oʻyinlari vitse-chempioni
  • 1995-yil Panamerika oʻyinlari gʻolibi
  • 1995-yil Konfederatsiyalar kubogi finalchisi (Qirol Fatah kubogi)
  • 1994-yil Argentina chempioni
  • 1998/99-yilgi Italiya chempioni
  • 2001/02, 2003/04 Ispaniya chempioni
  • 2004-yil UEFA kubogi gʻolibi
Shaxsiy yutuqlari
  • 2000/01-yilgi Yevropa mavsumining eng yaxshi himoyachisi (UEFA maʼlumotlariga koʻra)
  • Maskerano, Xaver Sanetti va Messidan keyin terma jamoada eng koʻp oʻynagan toʻrtinchi oʻyinchi[4].
  1. ↑ „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Argentina“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. ↑ „AFA rinde homenaje a Messi y Kun Agüero por su récord de partidos“ (2021-yil 7-fevral).
  3. ↑ „Новости на ФНК: Роберто Айала завершил карьеру футболиста.“. football.kulichki.net. 2021-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyun.
  4. ↑ „Argentina — Record International Players“ (en). rsssf.com. 2010-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyun.