Hans Adolf Krebs
Qiyofa
Hans Adolf Krebs (1900. 25.8, Xildesxaym, Germaniya — 1981)— ingliz biokimyogari. London qirollik jamiyati (1947-yildan) va AQSH Milliy Fanlar akademiyasi (1964-yildan) aʼzosi. Gyottingen, Freyburg, Myunxen va Berlin universitetlarida oʻqigan (1919—1925) va ishlagan (1926—33). Oksforddagi Qirol kasalxonasi professor (1967-yildan). Asosiy ishlari hayvonlar organizmida moddalar almashinuvini oʻrganishga oid. 1932-yilda aminokislotalardan karbamid (siydikchil) hosil boʻlishini aniqlagan (ornitin halqasi). 1937-yilda trikarbon kislotalar halqasini (qarang Krebs halqasi), shuningdek, organizmda dikarbon va trikarbon kislotalar siklini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1953)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
Turkumlar::
- Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
- Alifbo boʻyicha olimlar
- Kimyogarlar
- 1900-yilda tugʻilganlar
- 25-avgustda tugʻilganlar
- 1981-yilda vafot etganlar
- 22-noyabrda vafot etganlar
- Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- 1919-yilda tugʻilganlar
- 1925-yilda vafot etganlar